Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“ZARAFSHON” MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

“ZARAFSHON” MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

📅 21-sentabr kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich hamda Kengash kotiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov ishtirokida “Zarafshon” mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularga tegishli ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish hamda murojaatlar bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.

🔹 Shuningdek, mahalladagi ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda ijtimoiy xizmatlarni aholiga sifatli va manzilli yetkazish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

⚖️ Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ–1159-son “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda deputatning qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida amalga oshirildi. Ushbu Qonun ijtimoiy ish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda ijtimoiy xizmat va yordamlarni, jumladan, mahalla darajasida ko‘rsatishni nazarda tutadi.


🏛Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 2