Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Ashurqulmergan” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov shahar hokimining birinchi o‘rinbosari O.Qurbonov hamrohligida “Ashurqulmergan” mahallasida bo‘lib, fuqaroning murojaati yuzasidan mahalla binosida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqaroning murojaati tinglanib, mavjud imkoniyatlar va masalani amaliy hal etish yo‘llari muhokama qilindi. Fuqaro tomonidan o‘ziga ajratilgan 2 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etish va bu borada amaliy yordam ko‘rsatish so‘rab murojaat qilingani ma’lum bo‘ldi.

Murojaat yuzasidan mahalladagi hokim yordamchisiga “Agrostar” platformasi orqali tegishli ko‘mak ko‘rsatish, fuqaroning tashabbusini amalga oshirishga amaliy yordam berish hamda bajarilgan ishlar yuzasidan shaxsan hisobot taqdim etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Murojaatning ijrosi nazoratga olinib, fuqaroning issiqxona tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlash va uni daromadli faoliyatga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2