Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALASI ATROFLICHA MUHOKAMA QILINIB, TEGISHLI QAROR QABUL QILINDI

Muhokamalar davomida shahar hokimining o‘rinbosari, tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining axborotlari tinglanib, deputatlar tomonidan mas’ullarga ko‘plab savollar berildi.

Xususan, aholini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish, ko‘p kvartirali uylar va ijtimoiy soha obyektlarining mavsumga tayyorgarligini yakunlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini tezkor bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi murojaatlari bilan ishlashni kuchaytirish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar belgilandi.

Masala yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi deputatlar tomonidan nazoratga olindi.