Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALASI DEPUTATLAR TOMONIDAN MUHOKAMA QILINMOQDA

Xususan, rejalashtirilgan 57 ta ko‘p kvartirali uy o‘rniga 60 ta uyda ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani, uylarning tom, fasad, yerto‘la qismlari, elektr taqsimlovchi shitlari va kirish yo‘laklari ta’mirlangani, shuningdek, energiya tejamkor quyosh panellari asosidagi ko‘cha yoritish chiroqlari o‘rnatilgani qayd etildi.

Sessiyada ichimlik suvi va oqova suv tizimlari, elektr va tabiiy gaz ta’minoti, avariya-tiklash xizmatlarining shay holati, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ham atroflicha muhokama qilinmoqda.

Alohida e’tibor elektr ta’minotidagi 413 ta transformator punkti, 873,8 km elektr tarmoqlari, gaz ta’minotidagi 345,9 km tarmoqlar va 378 ta gaz taqsimlash punktining mavsumga tayyorgarlik holatiga qaratilmoqda.

Deputatlar tomonidan mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini tezkor bartaraf etish, iste’molchilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvini barqaror yetkazib berish, ko‘p kvartirali uy-joy fondi hamda ijtimoiy soha obyektlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli savol va takliflar bildirilmoqda.

Shuningdek, aholi uchun belgilangan 990 tonna ko‘mirni o‘z vaqtida yetkazib berish masalasi ham deputatlar e’tiborida bo‘lib, mavsum boshlanishidan oldin mavjud masalalarni to‘liq hal etish zarurligi ta’kidlanmoqda.

Muhokamalar yakunida kuz-qish mavsumini barqaror va betalofat o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilanadi.

Slide 1 of 1