Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Savolnoma_asosida #Okrugda_o‘rganish


Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 2-“Qurama” saylov okrugi deputati Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna tomonidan “Barkamol avlod” mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” yo‘nalishida belgilangan vazifalar, mahallada aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan xonadonlarga uyma-uy kirib, maxsus savolnoma asosida aholining turmush sharoiti, ijtimoiy holati, mavjud muammo va murojaatlari o‘rganildi.
O‘rganishlarda mahalla tibbiyot xodimlari ham ishtirok etib, fuqarolar, xususan, ayollar va yosh bolalarning salomatligi, tibbiy xizmatlardan foydalanish holati hamda mavjud ehtiyojlar yuzasidan fikr va murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar davomida ijtimoiy yordam, bandlik, sog‘liqni saqlash, mahalla infratuzilmasi, obodonlashtirish va hududni yanada tartibga keltirish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, tegishli tartibda qayd etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va murojaatlarni manzilli hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ularning ijrosini nazoratga olish belgilab olindi.

Asosiy maqsad — “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni mahallalarda amaliy ishlar orqali namoyon etish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga ko‘maklashishdan iborat.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10