Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Maktabda ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

#162_ta_Qonun #deputat_faoliyati #nazorat_tahlil

Maktabda ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 16-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat Y. Bo‘ronov o‘zi saylangan saylov okrugidagi “Zartepa” mahallasida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim sifati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida ta’lim jarayonining belgilangan talablar asosida tashkil etilishi, o‘quvchilarning bilim olishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilgani hamda ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maktab mas’ullarining ma’lumotlari tinglandi.

Maktab mas’ullari bilan o‘tkazilgan suhbat davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlardan samarali foydalanish hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan ham o‘rganish olib borildi. O‘rganish jarayonida mazkur Qonunda belgilangan talablarning ta’lim muassasasi faoliyatida bajarilishi, o‘quvchilarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun mavjud shart-sharoitlarni mustahkamlash hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1