Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
MAKTABDA TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR KO‘ZDEN KECHIRILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati G. Raimova 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning ta’lim va ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida maktabdagi o‘quv xonalarining holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun mavjud imkoniyatlar hamda maktab muhitining o‘quvchilar uchun qay darajada qulayligi e’tibor markazida bo‘ldi.

Ayniqsa, o‘quvchilarning o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan ko‘rgazmali buyumlari, ijodiy ishlari, turli fanlarga oid ko‘rgazmali materiallari ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlar o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil izlanishi va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishida muhim vosita bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtini mazmunli tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ularni qiziqishlari asosida turli fan, sport, ijodiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi to‘garaklarga jalb etish, bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.

O‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyatini yuzaga chiqarish va maktabdagi ijodiy muhitni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Tashrif davomida maktab mas’ullari bilan suhbatlashilib, ta’lim sifati bilan bir qatorda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ular uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 5