Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
SAVDO VA XIZMAT KO‘RSATISH — AHOLI UCHUN QULAYLIK

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati G. Raimova tomonidan Sarmich mahallasining Jo‘langar qishlog‘ida tadbirkorga tegishli savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida shoxobchaning faoliyat yo‘nalishi, aholiga ko‘rsatilayotgan savdo va xizmatlar sifati, xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tadbirkorning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar, ish o‘rinlari bilan ta’minlash, xizmat turlarini kengaytirish va daromad manbalarini ko‘paytirish imkoniyatlari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2