Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
AHOLI BILAN BEVOSITA MULOQOT: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA

AHOLI BILAN BEVOSITA MULOQOT: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA

✨Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova tomonidan hududlarda aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida hududlar ko‘chama-ko‘cha aylanib chiqilib, aholi vakillari bilan samimiy muloqotlar o‘tkazildi. Suhbatlar davomida fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, hudud infratuzilmasi, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Aniqlangan muammolar har bir xonadon va hudud kesimida o‘rganilib, ularni hal etish imkoniyatlari va mas’ul tashkilotlar bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shu bilan birga, aholi tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar deputatlik faoliyati doirasida nazoratga olinib, ularning ijrosi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi.

Aholi bilan ochiq va bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.