Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari #162_ta_eng_muhim_qonun #partiya_guruhlari

TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA

📇 Yoshlarning sifatli ta’lim olishi bilan bir qatorda, ularning yashashi, dam olishi va ta’lim jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishi uchun munosib sharoitlarni yaratish ham muhim vazifalardan biridir.

🗂 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” 2020-yil 23-sentabrdagi — O‘RQ-637-son qonuni talablaridan kelib chiqib, ta’lim oluvchilarni zarur sharoitlar bilan ta’minlash masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim. Xususan, Qonunning 50-moddasida ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlash masalalari belgilangan.

🇺🇿 Shu maqsadda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi "Adolat" SDP deputatlik guruhi a'zosi, “24-Shirin” saylov okrugi deputati Mustafayeva Shanoza Ermuxammadovna tashabbusi bilan Zargarlik mahallasi hududida joylashgan O‘zbekiston Davlat yuridik universiteti talabalar turar joyi o‘rganildi.

📈 Mazkur o‘rganish “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablarining joylarda ijrosini deputatlik nazorati asosida ko‘rib chiqish, yangi o‘quv yiliga talabalar turar joyining tayyorgarlik holatini baholash hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida amalga oshirildi.

📌 O‘rganish jarayonida talabalar turar joyining umumiy holati, xonalar va umumiy foydalanish joylarining sanitariya-obodonlashtirish holati, talabalar uchun yaratilgan maishiy sharoitlar, dam olish va mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari, xavfsizlik masalalari hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor qaratildi.

💼 O‘rganishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassislari Umidbek Abilov, Zarnigor Kuziyeva, ekspert guruhi a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdilar.

💹 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — qonunchilik talablarining hududda amalda bajarilishini o‘rganish, fuqarolar, xususan, yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashishdir.

🧠 Yoshlar — mamlakatimiz kelajagi. Ularning munosib sharoitlarda ta’lim olishi va yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom ettiriladi.

Slide 1 of 6