Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar ishtirok etdi.

📁 Mazkur yig‘ilishda kun tartibidagi Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlari va o‘quvchilar turar joyidagi muammolar, yashash sharoitlari, ta’lim muassasasidagi noxush hodisalarni oldini olish bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Xo‘jamqulov Javlonbek Baxtiyor o‘g‘li yig‘ilish qatnashchilariga hisobot berdi. Ushbu masala deputatlar tomonidan tinglanib atroflicha muhokama qilindi.

🔎 Komissiya kun tartibiga kiritilgan keyingi masala Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2025-yil 6-fevraldagi “Toshkent shahridagi bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VII-5-7-14-0-K/25-sonli qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Mirzayev Bobur Maxirdjanovichning hisoboti deputatlar tomonidan ko‘rib chiqib atroflicha muhokama qilindi.

🔺 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 2