Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 19-“Saoqat” saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov ham ishtirok etib, o‘rganish jarayonlariga amaliy ko‘maklashdilar.

O‘rganish davomida 3-sentabr kuni davlatimiz rahbari raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Jumladan, “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan Suluvqo‘rg‘on ko‘chasi 13-uyda yashovchi fuqaro D.Usmonovaning bandligi ta’minlanib, natijada uning “Kambag‘allik reyestri”dan chiqarilishiga erishildi.

Muloqot davomida Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish, har bir oilaga barqaror daromad manbaini yaratish, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4