Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Aholining suyultirilgan gaz bilan ta’minlanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tumanning gazlashmagan “Boladala” mahallasida istiqomat qiluvchi aholining suyultirilgan gaz bilan ta’minlanish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

🔺O‘rganish davomida mahallada yashovchi aholi bilan bevosita muloqot qilinib, ularning suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlari, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi. Muloqotlar jarayonida aholi tomonidan suyultirilgan gaz yetkazib berish holati, ballonlarni almashtirish tartibi, ta’minotdagi uzilishlar hamda gaz narxi bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

🔺Shuningdek, deputat tomonidan gaz ta’minoti korxonasi mas’ul xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, mahalla aholisini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashning amaldagi holati yuzasidan ma’lumotlar olindi. O‘rganish natijasida mahallada xonadonlarning ehtiyojiga qarab suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Aholi va mas’ul xodimlar bilan suhbatlar davomida 1 dona gaz balloni o‘rtacha bir oy muddatga yetishi, uning narxi 40 ming so‘m ekani qayd etildi.

🔺Mahalla aholisi suyultirilgan gaz ta’minoti va belgilangan narxni qoniqarli deb baholab, hozirgi vaqtda gaz yetkazib berishda jiddiy uzilishlar kuzatilmayotganini ma’lum qildi. Mas’ul xodimlarga aholining suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini muntazam o‘rganib borish, yetkazib berishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik va fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3