Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Umumta’lim maktabini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan tumanning “Burchmullo” mahallasida joylashgan 40-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish natijasida maktabga xizmat ko‘rsatuvchi qozonxona soz holatda ekani, shuningdek, kuz-qish mavsumida foydalanish uchun ko‘mir zaxirasi yaratilgani aniqlandi. Maktab binosidagi mavjud isitish tizimi ham ishchi holatda bo‘lib, mavsum davomida undan foydalanish uchun zarur sharoitlar mavjud.

🔺Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida maktabning qish mavsumida issiqlik bilan ta’minlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muhim masalaga e’tibor qaratildi. Qozonxonaning maktab binosidan nisbatan uzoqda joylashgani sababli issiqlikni uzatish jarayonida har yili qish mavsumida ma’lum darajada issiqlik yo‘qotilishi kuzatilmoqda. Mazkur holat yoqilg‘i sarfining ortishiga, issiqlik energiyasidan samarali foydalanish imkoniyatining pasayishiga hamda ayrim holatlarda maktab xonalarida zarur haroratni barqaror saqlashga ta’sir qilishi mumkinligi qayd etildi.

🔺Deputatlar tomonlaridan ushbu muammoni faqat mavsumiy choralar bilan emas, balki uzoq muddatli va samarali yechim asosida bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi. Shu maqsadda qozonxonani maktab binosiga yaqinroq hududda ixchamlashtirib qayta qurish imkoniyatini o‘rganish, issiqlik tarmoqlarining uzunligini qisqartirish va issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🔺Aniqlangan masala yuzasidan mas’ullarga qozonxonani maktabga yaqinroq joyda ixchamlashtirib qurish imkoniyatlarini o‘rganish va bu borada amaliy chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5