Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga qo‘llanilayotgan imtiyozlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tumanning “Aydarali” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim M.Userova ishtirokida mahallada nogironligi bo‘lgan D.Aydarkulov va E.Yuzbayev xonadonlarida bo‘lib, davlat tomonidan berilgan imtiyozlarni qo‘llanilish holatlarini o‘rgandi.

🔻O‘rganish davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularga ajratilayotgan ijtimoiy ko‘maklar, mavjud imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari hamda ijtimoiy xizmatlarni olish jarayonlari yuzasidan fikrlari o‘rganildi. Shuningdek, fuqarolarning mavjud ehtiyojlari, ularga biriktirilgan ijtimoiy xizmatlar va amalga oshirilayotgan manzilli ko‘maklar holati ham ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijasida tashrif buyurilgan xonadonlarda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari va ehtiyojlari bilan bog‘liq yechimini kutayotgan muammolar aniqlanmadi.

🔻Muloqot jarayonida fuqarolarga o‘zlariga tegishli ijtimoiy imtiyoz va xizmatlardan belgilangan tartibda foydalanish, zarur holatlarda mas’ul tashkilotlarga murojaat qilish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2