Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Maktabdagi sport infratuzilmasining holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi 4-Afg‘on saylov okrugidan saylangan deputat Lazizjon O‘ktirovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan Chinoz tumani hududidagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sport sharoitlari o‘rganildi.
⚽️ O‘rganish davomida maktabdagi sport zallarining holati, mavjud sport anjomlari va jihozlarning ta’minlanganlik darajasi, ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda ularning o‘quvchilar uchun qulayligi ko‘zdan kechirildi.
🔎 Shuningdek, sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, mavjud anjomlardan unumli foydalanish, yetishmayotgan jihozlarni to‘ldirish va eskirgan sport inventarlarini yangilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim masalalar maktab rahbariyati bilan muhokama qilinib, ularni bartaraf etish hamda sport zallarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
🏃‍♀️ Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratish — ularning sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Shu bois ta’lim muassasalaridagi sport infratuzilmasini rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida davom ettiriladi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi