Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
11-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Usmonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ–637-son Qonuni ijrosi yuzasidan deputat U.Qo‘chqorovning saylov okrugiga kiruvchi Baxtli MFY hududida joylashgan 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati va moddiy-texnik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida, avvalo, maktabning moddiy-texnik bazasi, bino va inshootlarning umumiy holati, ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, o‘quvchilar va pedagoglar uchun mavjud infratuzilma holatiga e’tibor qaratildi.

🏫 O‘rganishlar natijasida maktab binosining tom qismi ta’mirtalab holatga kelib qolgani aniqlandi. Xususan, yog‘ingarchilikli ob-havo sharoitida tom qismidan suv sizib kirishi natijasida bino ichki qismlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, bu esa ta’lim muassasasining moddiy-texnik holatiga zarar yetkazishi mumkinligi qayd etildi.

📌 Mazkur holatni bartaraf etish, maktab binosining texnik holatini yaxshilash hamda o‘quvchilar va pedagoglar uchun xavfsiz va munosib ta’lim sharoitlarini ta’minlash maqsadida tegishli masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan ko‘rib chiqish va zarur choralarni belgilash lozimligi ta’kidlandi.

🤝 Maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 2