Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
DORIXONALARDA QONUNCHILIK TALABLARI O‘RGANILDI

 DORIXONALARDA QONUNCHILIK TALABLARI O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi deputati Toshboev G‘ulom Xonimovich tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan dorixonalarda «Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari tashkil etildi.

✅ O‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — dorixonalarda aholiga dori vositalari va farmasevtika mahsulotlarini sifatli hamda belgilangan tartibda yetkazib berish holatini ko‘zdan kechirish, qonunchilik talablariga amal qilinishini o‘rganish va fuqarolar huquqlarining ta’minlanishiga e’tibor qaratishdan iborat.

✅ Jarayonda dorixonalarda dori vositalarini saqlash va realizatsiya qilish tartibi, farmasevtika faoliyatini amalga oshirishda belgilangan talablarga rioya etilishi, dori vositalarining yaroqlilik muddati hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifati kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

✅ Shuningdek, aholi salomatligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan dori vositalari muomalasida qonunchilik talablariga qat’iy amal qilish, iste’molchilarga zarur va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish hamda dorixona xizmatlarining sifatini yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi.

📌 Deputatlik o‘rganishlari aholi manfaatlarini himoya qilish, qonunchilik talablarining amaldagi ijrosini nazorat qilish va tumanda farmasevtika sohasidagi xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Slide 1 of 5