Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Termiz shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi oldidan: masalalar kelishib olindi

⏺Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasini yuqori saviyada, reglament talablariga muvofiq va uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha Kengash raisi D.Normuradova hamda kotibiyat mas’ullari ishtirokida tashkiliy muvofiqlashtiruv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

💬Yig‘ilish davomida bo‘lib o‘tadigan sessiya ishini samarali tashkil etish bo‘yicha quyidagi muhim masalalar kelishib olindi:

🟢Kun tartibi va qaror loyihalari: Sessiya muhokamasiga olib chiqilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, budjet hamda ta’lim sohasiga oid muhim qaror loyihalarining tayyorlik holati;

🟢Reglament va ma’ruzalar: Doimiy komissiya raislarining xulosalari hamda mas’ul rahbarlarning hisobot ma’ruzalari ketma-ketligi;

🟢Ochiqlik va shaffoflik: Sessiya jarayonini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng hamda tezkor yoritib borish, texnik va tashkiliy masalalarni to‘liq ta’minlash.

💬Muloqot chog‘ida Kengash raisi va mas’ullar bo‘lib o‘tadigan 25-sessiyada qabul qilinadigan har bir qaror shahrimiz infratuzilmasini yaxshilash va aholimiz turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladilar.

🫥Barcha tashkiliy va tartib-taomil masalalari muvaffaqiyatli kelishib olinib, sessiya ishini o‘tkazishga to‘liq shaylik keltirildi.