Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Sobir Abdulla” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 19-“Saoqat” saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur uchrashuv va o‘rganish ishlarini tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish borasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, davlatimiz rahbari raisligida 3-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishda “Sobir Abdulla” MFYda 77 nafar kam ta’minlangan oila “Kambag‘allik reestri”ga kiritilgani, mahalla hududida 10 ta mikroloyiha ishga tushirilishi natijasida 70 nafar oila a’zosi ish bilan ta’minlangani hamda bugungi kunga kelib 70 ta oila “Kambag‘allik reestri”dan chiqarilgani qayd etildi.

Uchrashuvlar davomida “Mahalla yettiligi” hamkorligida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish, har bir oila uchun barqaror daromad manbaini yaratish, aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4