Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli U.Mansurovaning faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamovlar ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli U.Mansurova tomonidan qonun ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda ijtimoiy muammolarni hal etish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, hisobot davrida:

12 ta ajrim yoqasidagi oila yarashtirilgan;

6 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtirilgan;

️38 nafar xotin-qizga Qo‘qon shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda huquqiy yordam ko‘rsatilgan;

30 nafar ehtiyojmand xotin-qizning bandligi ta’minlangan.

Shuningdek, xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, huquqiy savodxonligini oshirish, muammoli oilalar bilan manzilli ish olib borish hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda mahalla mutasaddilari va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6