Jizzax shahridagi ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari M.Mamatqulov, B.Toshpo‘latovlar tomonidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi. Monitoring davomida hududdagi Zargarlik, Kimyogar hamda Bobur MFYlarida aholiga xizmat ko‘rsatib kelayotgan boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.