Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati J.Umarov tomonidan Fayzulaobod mahallasi fuqarolarining murojaati asosida hududda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, chiqindi to‘planishi holatlari, sanitariya-tozalik ishlarining tashkil etilishi hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilindi.
Aniqlanishicha, ayrim holatlarda maishiy chiqindilarni belgilangan jadval asosida olib ketish ishlarida uzilishlar kuzatilayotgani sababli ko‘chalarda chiqindilar to‘planib qolishi holatlari yuzaga kelmoqda. Bu esa hududning sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aholi o‘rtasida haqli e’tirozlarni keltirib chiqarmoqda.
O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilotlar e’tibori chiqindi tashish xizmatlarini samarali tashkil etish, belgilangan grafikka qat’iy rioya qilish hamda aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish zarurligiga qaratildi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
O‘rganish yakunida Turon ko‘chasida sanitariya va ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 2