Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi muammolar joyida o‘rganildi
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Temiryo‘lchi” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud holatni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

Mazkur jarayon “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada aholi uchun muhim bo‘lgan masalalar, hudud infratuzilmasining holati, obodonlashtirish ishlari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi Uvaysiy ko‘chasining ta’mir-talab holatda ekani aniqlanib, ushbu masala deputatning murojaatlar daftariga qayd etildi. Mazkur muammoni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ko‘chaning holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududdagi muammolarni faqat aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, masalalarni deputatlik nazorati asosida kuzatib borish va natijadorligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Deputat va mahalla hamkorligi asosida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi murojaatlarini manzilli ko‘rib chiqish, muammolarni joyida aniqlash, ularning yechimiga amaliy ko‘maklashish hamda hududlarda aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 3