Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Kengash_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#Biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi ishlar tahlil qilindi

Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli o‘rganish, deputatlarning hududdagi faoliyatini tahlil qilish, aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 13-“Farovon” saylov okrugi deputat A.Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar “O'rg'ulsoy” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi ishlar va mavjud muammolarni muhokama qildilar.

Mazkur jarayon “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Suhbat davomida mahalla raisi tomonidan hududdagi ichki yo‘llarning ta’mirga ehtiyoji, ayrim ko‘chalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash zarurati hamda elektr energiyasi ta’minotida uchrayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, muammolar yechimini nazoratga olish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi va deputat o'zining murojaatlar daftariga qayd etdi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, mahalla faoliyatini samarali tashkil etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday o‘rganishlar “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida deputat va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash, hududdagi muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.
Slide 1 of 1