Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Okrugda_o‘rganish
#Murojaat_va_ijro
#19_1_modda

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bahoriston" mahallasida 4,7 km yo‘lni asfaltlash jarayoni ko‘zdan kechirildi

Bandixon tumanida aholi uchun munosib va qulay infratuzilma sharoitlarini yaratish, ichki ko‘chalarni ta’mirlash hamda yo‘l-qurilish ishlarida sifat va shaffoflikni ta’minlash borasida deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi, 14-Bahoriston saylov okrugi deputati S.Jumayev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Bahoriston" MFYda bo‘lib, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida olib borilayotgan asfalt yotqizish ishlarining borishi va sifati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida ko‘chaning 4,7 km qismida bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari, texnik reglament va me’yorlarga rioya etilish holati sinchiklab ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan pudratchi tashkilot mas’ullariga yo‘l qoplamasi va qatlamlarining amaldagi shartlarga to‘liq javob berishini ta’minlash, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Yo‘l qurilishi jarayoni tuman Kengashi va deputatlik nazoratida qoladi.

Slide 1 of 5