Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
BOLALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan saylov okrugi hududidagi Lutfiy mahallasida, 57-uy yonida joylashgan bolalar maydonchasining holati o‘rganilgan edi.

https://t.me/chilonzor_tuman_deputatlari/2034


O‘rganish davomida bolalar maydonchasidagi ayrim o‘yin elementlari va jihozlari yaroqsiz holga kelgani, ularning ayrim qismlari shikastlangani hamda mazkur holat bolalar hayoti va salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlandi. Ushbu muammo mahalla aholisi, ayniqsa, ota-onalarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Aniqlangan muammoni tezkor bartaraf etish, bolalar xavfsizligini ta’minlash hamda maydonchani tegishli talablar asosida tartibga keltirish maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida yaroqsiz va xavf tug‘dirayotgan o‘yin elementlarini o‘rganish, ularni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish, bolalar maydonchasini xavfsiz holatga keltirish hamda zarur obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Mazkur masala deputatning nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2