Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva Chilonzor tumanidagi “Kichik Xirmontepa” mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etib, hudud aholisi tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni bevosita o‘rgandi.

📝 Uchrashuvda Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi, senator Gulnora Marufova, Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Oybek Tuganbekov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari, mahalla raisi, “mahalla yettiligi” a’zolari, nuroniylar hamda faol fuqarolar ishtirok etdi.

🗣 Ochiq muloqot davomida aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ayrim avtomobil yuvish shoxobchalari tomonidan piyodalar uchun mo‘ljallangan trotuarlarning to‘sib qo‘yilishi natijasida fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishiga noqulaylik tug‘ilayotgani bildirildi.

🔺 Shuningdek, mahalla hududida motopoygalar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan fuqarolarning e’tiroz, fikr va takliflari tinglandi. Mazkur masala jamoat xavfsizligi, aholining osoyishtaligi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘rganilishi lozimligi ta’kidlandi.

🔎 Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalaridan kelib chiqib, hududdagi ichki ko‘chalar va piyodalar yo‘laklari holati, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi bandligi, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, sanitariya-obodonlashtirish hamda mahalla infratuzilmasiga oid masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

📁 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, aniqlangan kamchiliklar va hududni yanada yaxshilashga qaratilgan takliflar “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftari”ga qayd etilib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

📨 Sevara Fayziyeva tomonidan tizimli yechim talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish, murojaatlarning ijrosini kuzatib borish hamda ko‘rilgan choralar natijasini deputatlik nazoratida olib borish belgilandi.

✅ Ta’kidlanganidek, mahallaga chiqib aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, muammolarni bevosita joyida ko‘rish va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. “Kichik Xirmontepa” mahallasida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi ham deputat Sevara Fayziyeva tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8