Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
O‘zaro hamkorlik va muammolarni o‘rganish

Qibray tumani ijro organlari tashkilotlarining ustuvor vazifalarini belgilash, istiqboldagi yo‘nalishlarni aniqlash, shuningdek, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi A.Xudayqulovga biriktirilgan “Rahnamo servis” MChJ tuman filiali faoliyati Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi D.Yusupov hamda kotibiyat mudiri O.Toirov ishtirokida o‘rganildi.
O‘rganish davomida korxona tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqilishi, xodimlarga ish haqlarining o‘z vaqtida to‘lanishi, ular uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, maxsus texnikalar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda mavjud texnikalarni o‘z vaqtida ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar zaxirasi holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xodimlarning belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik talablariga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda korxona faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1