Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🏘 BUNYODKOR MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALARNI TA’MIRLASH JARAYONI O‘RGANILDI

🏘 BUNYODKOR MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALARNI TA’MIRLASH JARAYONI O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Navro‘zov Erkin Ergashevich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan 5-Bunyodkor saylov okrugi hududidagi Bunyodkor mahallasida ichki ko‘chalarni ta’mirlash jarayoni o‘rganildi.

🔎 O‘rganish ishlari xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

🚧 O‘rganish davomida ichki ko‘chalarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi, yo‘l qoplamalarining sifati, belgilangan ishlarning amaldagi holati hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar va fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar o‘rganilib, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

⚖️ Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari hamda 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-117-son “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida hudud infratuzilmasining holatini o‘rganish va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha ichki ko‘chalarni ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

🌿 Hudud infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish va fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4