Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Yoshlik mahallasining chekka hududlarida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova Yoshlik mahallasining eng chekka ko‘chalarida aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan yangi
transformatorni ko‘zdan kechirdilar.
O‘rganish jarayonida yangi transformatorning o‘rnatilishi, uning texnik imkoniyatlari hamda
mahalladagi elektr ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Mazkur yangi transformatorning ishga tushirilishi natijasida mahallaning chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash sifati va
barqarorligi yanada yaxshilanishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, elektr tarmog‘idagi yuklamani kamaytirish, kuchlanish bilan bog‘liq muammolarning oldini olish hamda iste’molchilarga qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
O‘rganish davomida
elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Xususan, yangi uskunaning sifatli ishlashi va texnik talablar asosida xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar uchun munosib sharoit yaratish yo‘lidagi bunday amaliy ishlar izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 4