Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Tirsakobod MFY hududidagi “Do‘mbirobod City” majmuasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imamov Sanjarali To‘lqinovich Tirsakobod MFY raisi bilan birgalikda Chilonzor tumani Tirsakobod MFY hududida barpo etilayotgan yangi “Do‘mbirobod City” majmuasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari holatini o‘rgandi.

Mazkur o‘rganish ishlari hudud aholisi tomonidan deputatga yo‘llangan murojaatlar asosida tashkil etildi. Murojaatlarda yangi majmua qurilishi jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim noqulay holatlar, jumladan, qurilish ishlari bilan bog‘liq aholi uchun noqulayliklar hamda hududdagi sharoitga ta’sir ko‘rsatayotgan masalalar ko‘tarilgan.

O‘rganish davomida yangi mikrorayonda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, hududning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanishi, mavjud infratuzilmaning holati, shuningdek, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlarida ko‘rsatilgan masalalar joyida o‘rganilib, aniqlangan muammolar mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi. Ularni belgilangan tartibda va qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish jarayonida hudud aholisi manfaatlari hamda qulay yashash sharoitlarini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash deputat Imamov Sanjarali To‘lqinovich tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 6