Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Saylovchilar murojaatlari — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashiga 27-Dalmun saylov okrugidan saylangan deputat M.Ochilov okrugi hududidagi Mirzayon mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 6-Mirzayon saylov okrugidan saylangan deputat G‘. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👉Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif, fikr va muammolari tinglandi. Saylovchilar tomonidan hududdagi ijtimoiy-maishiy masalalar, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan murojaatlar bildirildi.
👉Deputat G‘. Hamroyev fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masalani e’tibor bilan tinglab, murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va imkon qadar amaliy yechim topish muhimligini ta’kidladi.
👉Shuningdek, saylovchilar bilan muntazam muloqot qilish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya etish va hududdagi muammolarni deputatlik nazorati asosida hal etishga ko‘maklashish deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.
👉Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va murojaatlarni o‘rganish, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ularning ijrosi yuzasidan nazorat olib borish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 6