Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
TUMAN PENSIYA JAMG‘ARMASI BO‘LIMIDA HUQUQIY SAVODXONLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurash va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi 134-son “Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini o‘rganish bo‘yicha hududlarda amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

🔎 Shu doirada tuman Kengashi deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Pastdarg‘om tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

📚 O‘rganish davomida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan ishlar, huquqiy o‘quv va tushuntirish mashg‘ulotlarining muntazamligi, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining xodimlarga yetkazilishi hamda elektron platformalardagi o‘quv materiallaridan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.

📌 Shuningdek, xodimlarning huquqiy bilimlarini baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Mazkur o‘rganishlar davlat tashkilotlarida qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirish hamda qonunchilik talablariga rioya etish samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Slide 1 of 5