Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
1-BAND IJROSI: NAVRO‘Z MAHALLASIDA YOSHLAR TADBIRKORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 1-bandi — mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalari ijrosi doirasida hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda.

🔎 Shu doirada tuman Kengashi deputati M. Pardayev, Kengash kotibiyati mudiri F. Xolmuratova hamda kotibiyat mutaxassisi E. Turayev tomonidan Navro‘z MFYda yashovchi fuqaro Bobur Abdualimovning tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi.

🌱 Yosh tadbirkor tomonidan yoshlarga ajratilgan yerdan unumli foydalanilib, 30 sotix maydonda malina yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

O‘rganish davomida mazkur faoliyatning borishi, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar bilan yaqindan tanishildi.

📈 Suhbat davomida yer maydonidan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, faoliyatni kengaytirish hamda kelgusida qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.

🤝 Mazkur tashabbus yoshlarni yer va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishga, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga hamda o‘z daromad manbasini yaratishga undovchi amaliy namunalardan biridir.

Slide 1 of 3