Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Farmon ijrosi — joylardagi amaliy ishlar misolida o‘rganildi

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 iyundagi PF–116-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning hududda ijrosi, xususan, soliq inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.
Joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganish davomida mahallada soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, soliq to‘lovchilar bilan ishlash, mavjud soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini qonuniy tartibda tashkil etish hamda soliq tushumlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda mahallalarda soliq inspektorlari faoliyatining samaradorligi hududning iqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, yangi tadbirkorlik sub’ektlarini faollashtirish va aholi bandligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq.
Shu nuqtai nazardan, Prezident Farmonida belgilangan vazifalarning qog‘ozda qolib ketmasdan, har bir mahallada aniq natijaga aylanishi muhim. Deputatlik nazorati doirasida o‘tkazilayotgan bunday o‘rganishlar esa belgilangan vazifalarning ijrosini joyida baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan choralarni belgilash imkonini beradi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan masalalar umumlashtirilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va nazoratni davom ettirish belgilandi.
Maqsad — farmon ijrosini ta’minlash orqali mahalla iqtisodiy salohiyatini oshirish va aholi farovonligiga xizmat qiladigan natijador tizimni shakllantirish.

Slide 1 of 4