Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Tashabbusli budjet” loyihasi joyida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “21-Samarqand” saylov okrugi deputati T.To‘ychiboyev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan “Saidabod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabda “Tashabbusli budjet” loyihasining 2026-yil 1-mavsumida faollar zali qurish bo‘yicha loyiha ilgari surilgani, mazkur loyiha 1 523 476 503 so‘m miqdorida mablag‘ bilan g‘olib deb topilgani qayd etildi.

Hozirgi kunda g‘olib loyiha doirasidagi qurilish ishlari “ALYANS LEC” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Ayni paytda kotlovan qazish ishlari yakunlanib, beton quyish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan ishlarning loyiha talablariga muvofiq va sifatli amalga oshirilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3