Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi

 🤝 O‘rganish jarayonida “Begobod” mahallasi raisi SH.Soliyev bilan joriy yilning iyul-avgust oylari davomida mahallada kelib tushgan murojaatlar, ularning ko‘rib chiqilishi va hal etilish holati yuzasidan fikr almashildi. 

📊 Mazkur davrda jami 33 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning yo‘nalishlari va natijalari tahlil qilindi. Jumladan, oilaviy masalalar bo‘yicha 5 ta, elektr ta’minoti bo‘yicha 2 ta, kredit masalasida 5 ta, qurilish bo‘yicha 5 ta, toza hudud bo‘yicha 2 ta, zovur qazish bo‘yicha 2 ta, yo‘l ochtirish bo‘yicha 1 ta, dori-darmon bo‘yicha 2 ta, suv masalasida 3 ta hamda moddiy yordam bo‘yicha 6 ta murojaat mavjud. 

🔎 O‘rganish natijasida murojaatlarning bir qismi ijobiy hal etilgani, ayrimlari jarayonda ekani, moddiy yordam bo‘yicha murojaatlar esa hozirda ko‘rib chiqilayotgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, kredit masalasidagi 5 ta, toza hudud bo‘yicha 2 ta va dori-darmon bo‘yicha 2 ta murojaat ijobiy hal etilgan. 

📋 Jarayonda bo‘lgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarning ishlari muhokama qilinib, ularni qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish va natijasini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Mazkur murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ularning yakuniy natijalari keyinchalik qayta o‘rganiladi. 

💬 “Deputatning aholi murojaatlarini joyida o‘rganishi-muammoni aniqlashning o‘zi bilan cheklanmasdan, uning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qilishi kerak”. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 2