Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.

DEPUTAT FAOLIYАTI

«Fermerlar kuni» munosabati bilan Oqqo‘rg‘on tumani A.Navoiy hududida joylashgan «Barno Islombek» fermer xo‘jaligi dalasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashi  10-“Tolovul” okrugidan saylangan deputat, "O‘zLiDeP" partiyasi a’zosi Bobolov To‘ra Abdievich, qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda, avvalo, g‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, jumladan, ekinlarga etifon va «Augron» preparatlarini sepish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, PTM xarid qilish, mavjud tirkamalarni ta’mirlash va texnika vositalarini mavsumiy ishlarga shay holatga keltirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilish davomida PQ-322-sonli qaror ijrosini ta’minlash, kartoshka ekish ishlarini yakuniga yetkazish hamda 2027 yil hosili uchun ekinlarni joylashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Deputat sohadagi har bir vazifani o‘z vaqtida va sifatli bajarish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda kelgusi yil hosili uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini ta’kidladi.

Fermer — yerning haqiqiy egasi va qishloq xo‘jaligi taraqqiyotining asosiy tayanchi. Bugungi amaliy muloqotda belgilab olingan vazifalarni samarali ijro etish orqali tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish va hosildorlikni yanada yuksaltirish maqsad qilindi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==

Slide 1 of 5