Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Alisher Navoiy” mahallasida imtiyozli kreditlar samaradorligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova “Alisher Navoiy” mahallasida bo‘lib, imtiyozli kreditlar hisobidan amalga oshirilgan loyihalar samaradorligini o‘rgandilar.

Amaliy o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonuni ijrosi, shuningdek, hokim yordamchisi tavsiyasi asosida ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli va samarali foydalanilishi tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolari K.Jovliyev hamda T.Normurodova tomonidan amalga oshirilgan loyiha alohida e’tirof etildi.

Kredit miqdori: har bir fuqaroga issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 50 million so‘mdan imtiyozli kredit ajratilgan.
Amaliy natija: ajratilgan mablag‘lar hisobidan mahalla hududidagi 14 sotix yer maydonida zamonaviy issiqxona barpo etilib, serdaromad ekinlar yetishtirilmoqda.
Samaradorlik: loyiha natijasida oilalar uchun barqaror daromad manbai yaratilishi bilan birga, aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga amaliy zamin yaratilgan.

Bunday loyihalar imtiyozli kreditlarning manzilli, maqsadli va samarali yo‘naltirilishi aholi farovonligini oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi.
Slide 1 of 2