Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati N. I. Babojonova, Hayrabod MFY raisi G. Rajabova hamda Hayrabod mahallasidagi Bo‘stonliq va Mevaston ko‘chalari boshliqlari O. Matyoqubov va Q. Matyoqubovlar ishtirokida hududdagi yo‘l infratuzilmasi va tungi yoritish tizimining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholining murojaatlari va takliflari tinglanib, hududdagi mavjud muammolar, xususan, ichki yo‘llarning holati hamda tungi yoritish tizimidagi kamchiliklarga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur masalalar aholining xavfsiz va munosib yashash sharoitlarini ta’minlash, hudud obodonchiligini yaxshilash hamda infratuzilma xizmatlari sifatini oshirish nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda fuqarolarning qonuniy murojaat va takliflarini amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar xalq deputatlari Kengashi deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.