Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
MAHALLA FAOLIYATI DEPUTAT E’TIBORIDA

MAHALLA FAOLIYATI DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanova Gulshan Zokirovna 13-Umid saylov okrugi hududidagi Ziyokor mahallasida mahalla raisi bilan uchrashib, mahalla faoliyati hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

🤝 Uchrashuv davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy masalalarni hal etish, hududni obodonlashtirish va aholi manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

⚖️ Mazkur yo‘nalishdagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-son “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.

📌 Ushbu Qonunga ko‘ra, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan kelib chiqib hal etishda muhim o‘rin tutadi. Fuqarolar yig‘ini raisi esa mahalla manfaatlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda ifodalaydi.

💬 Uchrashuv davomida mahalla raisining amalga oshirilgan ishlari, hududdagi mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan ma’lumotlari tinglandi. Aholi bilan doimiy muloqot olib borish, fuqarolarning murojaatlariga e’tibor qaratish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish muhimligi ta’kidlandi.

🌿 Deputat tomonidan mahalladagi ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish va hududda farovonlikni ta’minlash borasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

✨ Mahalla — aholi manfaatlari va hamjihatlik maskani!

Slide 1 of 1