Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA

HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanova Gulshan Zokirovna 13-Umid saylov okrugi hududidagi Ziyokor mahallasida profilaktik nazoratda turuvchi fuqarolar bilan uchrashdi.

🤝 Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turmush sharoiti, mavjud muammolari hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni sodir etishga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish muhim vazifalardan biridir.

📌 Shu nuqtayi nazardan, profilaktik nazoratda turuvchi fuqarolar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning muammolarini o‘rganish va zarur hollarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

💬 Uchrashuvda fuqarolarga qonun talablariga rioya qilish, jamoat tartibini saqlash, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda huquqbuzarlik sodir etishga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlardan saqlanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🏘 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish zarurligi ta’kidlandi.

🌟 Bunday uchrashuvlar mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Qonun ustuvorligi — tinch va osoyishta hayot kafolatidir!

Slide 1 of 1