Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI IJROSI O‘RGANILDI

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI IJROSI O‘RGANILDI

🫥 O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–406) ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi qoshidagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi N.Normurodov hamda Kengash kotibiyati xodimi K.Abdullayeva tomonidan tumandagi Yoshlar markazida uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

♾ Uchrashuv davomida markazda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, Ingliz tili bo‘yicha tashkil etilgan ta’lim jarayoni hamda mashg‘ulotlarning samaradorligi o‘rganildi.

📚 Shuningdek, markaz kutubxonasidagi kitob fondi, mavjud adabiyotlar va ulardan yoshlarning foydalanish holati bilan yaqindan tanishildi.

♾ Tadbir davomida yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

✅ Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va zamonaviy bilimlarni egallashiga ko‘maklashishga qaratilgan bunday uchrashuvlar kelgusida ham davom ettiriladi.

Slide 1 of 5