Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Sh. Norsayev tashabbusi bilan mahallada keng ko‘lamli ekologik obodonlashtirish aksiyasi o‘tkazildi

Sh. Norsayev tashabbusi bilan mahallada keng ko‘lamli ekologik obodonlashtirish aksiyasi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati, Termiz tuman Ekologik partiyasi Kengashi raisi hamda Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Sh. Norsayev tashabbusi bilan “BIO-TEXNO-EKO” MChJ hamkorligida mahalla hududida keng ko‘lamli ekologik obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Tadbir doirasida mahalla ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni parvarishlash, maishiy chiqindilarni yig‘ishtirish, ariq-zovurlarni tozalash, ichki yo‘llar hamda jamoat joylarini obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Aksiyada 85 ta xonadondan 82 nafar xonadon egalari faol ishtirok etdi. Ertalab boshlangan hashar davomida 70 dan ortiq xonadonning ko‘cha tomoni yantoq, sho‘ra va boshqa begona o‘tlardan tozalandi. Uylarning devor va deraza qismlari o‘rgimchak uyalaridan tozalanib, obodonlashtirildi.

Shuningdek, uylar orqa qismiga ekilgan 111 tup daraxtning tagi oqlandi, 35 tup daraxt agrotexnik ishlovdan o‘tkazildi. Yo‘laklar va ko‘chalar supurilib, tartibga keltirildi.

Hashar davomida yig‘ilgan qariyb 2,5 tonna maishiy chiqindi “BIO-TEXNO-EKO” MChJ xodimlari tomonidan maxsus texnika yordamida olib chiqib ketildi.

Mazkur ekologik aksiya mahalla hududida tozalikni ta'minlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarning atrof-muhitni asrash borasidagi mas'uliyatini oshirish hamda sog‘lom va obod yashash muhitini yaratishga xizmat qildi.

📖 Huquqiy asos

Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga hamohang tarzda amalga oshirildi. Ushbu Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 12-noyabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2013-yil 12-dekabrda maʼqullangan.

Qonunga muvofiq, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslari belgilangan. Shuningdek, Qonun ekologik xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish hamda jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6