Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G.Shafoatova tashabbusi bilan 1-DMTTda tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G.Shafoatova tashabbusi bilan 1-DMTTda tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, piyodalar va haydovchilarning mas’uliyatini oshirish hamda yo‘l harakati madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida sun’iy tashkil etilgan kichik yo‘l harakati maydonchasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda svetoforlar, piyodalar o‘tish joylari, yo‘l chiziqlari va turli yo‘l belgilari o‘rnatilgan bo‘lib, bolalarga mazkur belgilarning mazmuni hamda ularga amal qilgan holda xavfsiz harakatlanish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. Bolalar yo‘lni to‘g‘ri kesib o‘tish, svetofor ishoralariga amal qilish, yo‘l belgilarini tanish va ularga muvofiq harakatlanish ko‘nikmalarini jonli tarzda namoyish etdilar.

Bundan tashqari, svetoforlar ishlamay qolgan holatlarda Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimining qo‘l ishoralari orqali transport vositalari va piyodalarning qanday harakatlanishi lozimligi amaliy tarzda tushuntirildi. YHX xodimining har bir ishorasi mazmuni izohlanib, bolalar ushbu vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartibini amalda bajarib ko‘rsatdilar.

Tadbir yakunida bolalarning yo‘l harakati qoidalariga oid bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish, ularda yo‘l harakati madaniyatini shakllantirish hamda bunday amaliy mashg‘ulotlarni doimiy ravishda tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6