Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh.Norsayev tomonidan o‘zi saylangan hudud fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda mahalla raisi, mahalla faollari hamda fuqarolar faol ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolar tomonidan hududdagi elektr ta’minotini yaxshilash, xususan, eskirib, yaroqsiz holga kelgan yog‘och elektr ustunlarini almashtirish hamda ichki yo‘llarni asfaltlash masalalari ko‘tarildi.

Mazkur murojaatlar yuzasidan deputat tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida amalga oshirish uchun ovoz berish bosqichiga qo‘yilgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, fuqarolarga mahallani yanada obodonlashtirish, tashabbusli budjet loyihalarida faol ishtirok etish, hudud ravnaqi yo‘lida birlashib harakat qilish hamda jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi tushuntirildi.

Uchrashuv yakunida Termiz tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi K.Abdullayeva tomonidan deputatning 2026-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yuzasidan axborot berildi. Xususan, saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlarini hal etish borasida erishilgan natijalar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar batafsil yoritildi.

Slide 1 of 5