Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Doimiy komissiyaning amaliy faoliyati: masala o‘rganildi va tegishli qaror qabul qilindi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni ijrosi doirasida Sherobod tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Masala yuzasidan Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bobur Allamurotovning hisoboti eshitildi.
Muhokama davomida sohada korrupsiya xavflarini barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish, qarorlar qabul qilish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, budjet mablag‘lari, subsidiya va imtiyozlardan maqsadli foydalanish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Doimiy komissiya a’zolari tomonidan soha faoliyatidagi korrupsiya xavflarini kamaytirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Muhokama yakunida korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni muntazam tahlil qilish, fuqarolar murojaatlarini qonuniy va xolis ko‘rib chiqish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 6