Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
MAHALLIY KENGASH KOTIBIYATLARI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov tomonidan viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida Zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

📍 Yig‘ilishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassislari Z.Yakubova va N.Akbarova ham Zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.

💬 Yig‘ilish davomida mahalliy Kengash kotibiyatlarining o‘tgan haftadagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Ayrim yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va mavjud muammolar muhokama etildi.

📌 Shuningdek, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining navbatdagi sessiyalariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida o‘tkaziladigan o‘rganishlarni sifatli tashkil etish, kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganishlar olib borish hamda aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗓 Kotibiyatlarning navbatdagi haftadagi faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlar hamda “Mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 3