Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“OLIMPIYA” MFYDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI

“OLIMPIYA” MFYDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI

📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Shomansurov Temur Shaalimovich tomonidan “Olimpiya” MFYda mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📝 Uchrashuv davomida mahalla yettiligi tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda mahallada aholi bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish hamda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

📌 Hisobot deputat tomonidan tinglanib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan savol-javob va fikr-mulohazalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bildirilgan takliflar muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

🗣 Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil etilib, aholi murojaatlari, taklif va muammolari bevosita joyida tinglandi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

⚖️ Deputatga biriktirilgan qonunlar doirasida hududda amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosi o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berib borilmoqda.

🇺🇿 Aholi bilan ochiq muloqot — muammolarni manzilli hal etishning muhim omilidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 5